Ushbu vaziyat Rossiyada ishlaydigan migrantlar uchun ham katta qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Oʻz ish mavsumini yakunlab uyiga qaytishni istaydigan fuqarolar bu yil aviachiptalarni oʻtgan yillarga nisbatan 2-3 baravar qimmatroqqa sotib olishga majbur boʻlishmoqda.
Moskva – Samarqand yoʻnalishida ekonom klass aviachiptalar 2019 yilda 10-12 ming rublga sotib olish mumkin edi. Bugungi kunda esa ularning narxi 30-32 ming rublga koʻtarilgan.
Moskva – Dushanbe yoʻnalishidagi chiptalar odatda 13-14 ming atrofida sotilgan. Ayni damda esa ushbu chiptalar narxi - 37 200 rublga chiqqan.
Albatta, narxlar oshishiga oʻziga yarasha iqtisodiy sabablar ham bor. Rossiyaga Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari kirishi cheklangani tufayli aviaparvozlar bir yoʻnalishga boʻsh uchishga majbur.
Lekin mehnat migrantlari ushbu vaziyatda ham arzonroq chipta sotib olish imkonini topishmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysida, Tojikistonning Xoʻjand shahri atrofida istiqomat qiladigan fuqarolar “Moskva – Oʻsh” chiptalarini sotib olib, Qirgʻiziston orqali uchib ketishmoqda.
Tojikiston fuqarolari esa Oʻzbekistonning Samarqand yoki Termiz shaharlari orqali uchib ketishmoqda. Ular uchun qoʻshimcha 2000 rubl evaziga oʻzbek-tojik chegaragacha transfer tashkil qilingan.
Batafsil Sputnik infografikasida.