"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ Avstriyaning "Horst Wiesinger Consulting GmbH" kompaniyasi bilan hamkorlikda ruda qazib olish, undan boyitilgan kontsentratni ishlab chiqarish, granulyatsiya qilish, tabiiy gazdan foydalangan holda temir olish va undan poʻlat ishlab chiqarish hamda vanadiyni ajratish boʻyicha laboratoriya-tajriba sinovlarini yakunladi.
Bundan tashqari, qazib olishdan to poʻlat mahsulotlar ishlab chiqarishga qadar boʻlgan jarayon uchun texnologik reglamentlar ham ishlab chiqildi. Ushbu texnik hujjat optimal texnologik jarayonning amalga oshirish tartibini, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishini, sanoat xavfsizligini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga javob beradi.
Ushbu loyiha koʻmirsiz texnologiyadan foydalanishni nazarda tutgan, bu esa atrof-muhitni ifloslantirmasligi bilan ajralib turadi.
Batafsil Sputnik infografikasida.