Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Oʻzbekistonda ilk bor isteʼmol savatining qiymati hisoblab chiqdi.
Isteʼmol savati tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari nooziq-ovqat kundalik uy-roʻzgʻor buyumlari, kosmetika va dorilar, kommunal xizmat toʻlovlari va transport xarajatlari ham kiritilgan.
Mehnatga layoqatli fuqaro uchun hisoblab chiqilgan isteʼmol savatining qiymati oʻrtacha - 2 157 000 soʻmni tashkil qildi. Uning tarkibiga oziq-ovqatlar (1,27 mln), shaxsiy gigiyena va xoʻjalik mollari (76 ming soʻm) hamda Xizmatlar va kommunal toʻlovlar (782 ming) kiritlgan.
Batafsil infografikamizda tanishing.