Vladivostokda 50dan ortiq migrant deportatsiya qilindi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishNoqonuniy migrantlarni jo‘natish bo‘limi
Noqonuniy migrantlarni jo‘natish bo‘limi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
228 migrantga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Vladivostok politsiyasining migrantlar yashash joylarida o‘tkazgan turkum reydlari natijasida migratsiya qonunchiligini buzgan 228 migrantga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi, deb xabar beradi Primorye o‘lkasi IIV matbuot xizmati. Rossiya Federatsiyasi hududidan qonunni buzgan 58 nafar chet el fuqarosi chiqarib yuborildi.

"Migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linma mutaxassislari olti yuzdan ortiq migrantlarni yashash joylarida tekshiruvdan o‘tkazdilar. Rossiyada bo‘lish tartibini buzganlarga nisbatan belgilangan jarimalar umumiy miqdori bir million rubldan oshadi", — deyiladi xabarda.

Tekshiruv o‘tkazish bilan birga politsiya xodimlari xorijlik fuqarolar bilan Rossiya migratsion qonunchiligi borasida tushuntirish ishlarini ham olib bordilar, deyiladi matbuot xizmati tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0