22:52 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
82112

Oʻzi bilmagan holda qonunni buzgan shaxslarning biri yonida hujjati yoʻqligi xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Qirgʻiziston chegara xizmati tuman tufayli Oʻzbekiston hududiga kirib qolgan ikki nafar qirgʻizistonlikni oʻz vataniga qaytardi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Qonunbuzarlar Oʻzbekiston chegarani qoʻriqlash xizmati naryadi tomonidan 11 dekabr kuni qoʻlga olingan. Qirgʻizistonliklarning soʻzlariga koʻra, ular tuman tufayli oʻz yoʻlidan adashishgan va avtotransportda Oʻzbekiston hududiga kirib qolishgan.

Shu kunga qadar ular Oʻzbekistondagi Chust IIBBda boʻlishgan, deb xabar qilmoqda nashr.

Maʼlumotlarga koʻra, muzokaralar natijasida, qirgʻizistonliklarning ikki nafari oʻz vataniga qaytarilgan. "Ularning sogʻligʻi holati qoniqarli", deb taʼkidlangan xabarda.

Oʻzbekiston tomon uchinchi qirgʻizistonlikning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar oʻzbek chegarachilariga taqdim etilishi bilanoq u ham Qirgʻiziston tomonga oʻtkazilishini maʼlum qilgan.

Teglar:
chegara xizmati, qirgʻizistonliklar, tuman, chegara

Asosiy mavzular