Farzandi olib qo‘yilgan Nilufarni sud qilishmoqchi

© FacebookNilufar Mamasaidova i advokat Baxrom Ismailov
Nilufar Mamasaidova i advokat Baxrom Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Nilufarni Rossiyadan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilinishi uchun uni Kunsevo tuman sudiga olib borishmoqchi

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik.  Mana bir necha kundirki, Moskvada politsiya tomonidan farzandi olib qo‘yilgan Nilufar Mamasaidova bilan bog‘liq voqea hozircha yechimini topgani yo‘q.

Bugun Nilufarni Rossiyadan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilinishi uchun uni Kunsevo tuman sudiga olib borishmoqchi.

Bir necha kun oldin Moskvada o‘zbekistonlik Nilufar Mamasaidovaning emizikli bolasi politsiya tomonidan olib qo‘yilgan edi. O‘zi va bolasining hujjatlari yo‘qolgan Mamasaidovaga O‘zbekiston elchixonasi tezkorlik bilan hujjatlarini tiklashga yordam bergani va bolasini qaytarish uchun elchixona tomonidan huquqshunos yordami ham ko‘rsatilayotgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0