05:08 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
188155

Moskva shahrida oʻz vaqtida puli toʻlanmagan patentlar bekor qilindi. Ayni vaqtda bekor qilingan patent egalarining Rossiyada yashashlari qonunga zid, deb baholanadi

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Moskva shahriIIV migrantlar masalalari Bosh boshqarmasi mehnat migrantlarining 7 mingga yaqin patentlarini bekor qildi, deb xabar qilmoqda Saxarovadagi Migratsiya markazi matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, belgilangan vaqtda puli toʻlanmagan patentlar oʻz rasmiy kuchini yoʻqotgan. "Mana shu tufayli, chet el fuqarolari bekor qilingan patent bilan Rossiya hududida boʻlishlari qonunga ziddir, ular javobgarlikdan qutulish uchun Rossiya hududini tark etishlari lozim", — deyilgan xabarda.

Aytilishicha, patenti bekor boʻlgan chet el fuqarolarining hammasi SMS-xabar orqali ogohlantirilgan. "Migrantlarga "bazamizda patentingiz haqi toʻlanganligi haqida maʼlumot yoʻq" degan xabar yuborilgan. Ammo bunga qaramay, migrantlar oʻz patentlari puli toʻlanganligini isbotlash uchun markazimizga kelishmadi", — deyilgan xabarda.

Patenti bekor qilingan mehnat migrantlari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qoʻlga olinadigan boʻlsa, ular Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi, kamiga ularga 5-7 ming rubl miqdorida jarima solinadi va qonunbuzarlar uchun Rossiyaga kirish yoʻli yopiladi.

Rossiya IIV Migratsiya masalalari boʻyicha Bosh boshqarmasi Rossiya hududina noqonuniy yashab yurgan chet elfuqarolarini aniqlash boʻyicha tadbirlarni davom ettirishini maʼlum qilgan.

Teglar:
bekor qilish, saxarovo, patent

Asosiy mavzular