Migrant haydovchilarning guvohnoma almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishA taxi en Moscow
A taxi en Moscow - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migrantlarga 2018-yil 1-iyunga qadar o‘z mamlakatlari haydovchilik guvohnomalari bilan avtobus va taksi haydashlariga ruxsat berish taklif qilinmoqda

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiyada taksi yoki jamoat transporti sohasida ishlayotgan migrantlarga bir yil davomida milliy haydovchilik guvohnomalari bilan faoliyat yuritishga ruxsat berilishi mumkin.

Davlat dumasiga ko‘rib chiqish uchun ana shunday qonun loyihasi kiritildi. Loyihaga muvofiq, migrantlarga 2018-yil 1-iyunga qadar o‘z mamlakatlari haydovchilik guvohnomalari bilan avtobus va taksi haydashlariga ruxsat berish taklif qilinmoqda.

Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar uchun haydovchilik guvohnomasi olishning oson yo‘li ishlab chiqilmoqda

Buning sababi aniq — hozirgi qisqa muddat ichida aksariyat haydovchilar o‘z guvohnomalarini qayta rasmiylashtirishga ulgura olmaydilar. Hujjatda ko‘rsatilishicha, Rossiyada 9,5 mingga yaqin xorijlik haydovchilar bor. Ko‘pchilik migrantlar haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun avtomobil inspeksiyasiga murojaat qilganlarida qator qiyinchiliklarga duch keldilar.

"Imtihon topshirish uchun asosiy to‘siq va imtihon topshiruvchilardan ariza qabul qilishning rad etilishiga davlat avtomobil inspeksiyalarida zarur moddiy-texnika bazasi, jihozlangan maydonchalar (avtodrom) mavjud emasligi sabab bo‘ldi", — deyiladi tushuntirish xatida.

Shu sababli transport sohasida ishlaydigan ko‘plab kompaniyalar imtihon topshirish va milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirishning imkoniyati yo‘qligi haqida ommaviy ravishda murojaat qila boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan boshlab Rossiyada xorijiy haydovchilik guvohnomasi bor haydovchilarni ishga qabul qilishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi. Avtomaktabga murojaat qilish, imtihon topshirish va Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish uchun migrant haydovchilar ixtiyorida atigi uch oy muddat bor.

Rabota marshrutnix taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 1-iyuldan migrant haydovchilarga yo‘lovchi tashish taqiqlanadi

Moskva avtomaktablar ittifoqi raisi Aleksandr Achkasovning fikricha, migrant haydovchilar muddat uzayishiga umid qilib yangi guvohnoma olishga shoshilishmayapti, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

"Biz avtomaktablar va YHXBlarda uzun navbatlarni ko‘rmayapmiz. Haydovchilar qonundagi o‘zgarishlar yana uzaytiriladi degan fikrda", — deydi Achkasov.

Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish uchun xorij fuqarosi YHXBning imtihon bo‘limiga murojaat qilishi lozim. Xorijiy haydovchilik guvohnomasi sinov imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilganidan keyingina almashtirib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0