Rus tili instituti migrantlarni rus tili bo‘yicha imtihonlarga tayyorlaydi

© FacebookV Mintruda sostoyalas vstrecha s delegatsiyey instituta Pushkina
V Mintruda sostoyalas vstrecha s delegatsiyey instituta Pushkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya delegatsiyasining Mehnat vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston hududida rus tili bo‘yicha davlat test sinovlarini tashkillashtirish, Farg‘onada mehnat migrantlarini xorijga chiqishga tayyorlash markazida o‘qitish va imtihonlarga tayyorlash masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Abduhakimov Pushkin nomidagi Rus tili instituti rektori M.Ruseskaya hamda prorektori A.Balakin, lingvodidaktika, til bo‘yicha test va migratsiya siyosati markazi direktori O.Rudchenko va mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Yu.Sluskayadan iborat Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston hududida rus tili bo‘yicha davlat test sinovlarini tashkillashtirish, jumladan, Farg‘ona shahrida mehnat migrantlarini xorijga chiqishga tayyorlash markazida o‘qitish va imtihonlarga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya Rostruda posetila Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ishlayotgan migrantlarning staji va pensiya ta’minoti muhokama qilindi

Tomonlar O‘zbekiston viloyatlarida bunday markazlarning tashkil etilishi Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan mehnat migrantlarini yetarlicha tayyorlash imkonini berishini qayd etishdi.

O‘z navbatida M.Ruseskaya uchrashuv qatnashchilarini institut faoliyati bilan tanishtirdi. Institut dunyoning 31 mamlakatida 42 markaz va filiallariga ega bo‘lib, Rossiya test konsorsiumining ta’sischilaridan hisoblanadi.

U Farg‘onadagi mehnat migrantlarini xorijga chiqishga tayyorlash markazida rus tilini o‘rgatish va avtomatlashgan test sinovlarini o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.

Delegatsiya shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida uchrashuv o‘tkazishi hamda Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0