23:51 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (74)
104510

Hech bir hujjat –patent ham, registratsiya ham migrant uchun ishonchli huquqiy himoya emas, dedi "Migratsiya XXI vek" fondi rahbari va FMSning sobiq direktor oʻrinbosari Vladimir Postavnin

TOSHKENT, 17 avgust — Sputnik. U Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida migrantlar boshqa davlat hududida qonuniy asosda yurishdan manfaatdor ekanliklarini aytdi. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirishdagi baland narxlar hamda migrantlarni pora berishga majbur qiladigan ayrim vijdonsiz amaldor va huquq tartibot organlari xodimlari Rossiyadagi xorijlik ishchilarni soyaga kirishga majbur qilmoqda.

"2014 yilda Moskvada 800 mingta patent rasmiylashtirilgan. Patent tizimi (imtihonli va baland narxli) joriy etilgach, poytaxtda yiliga 400 mingta patent rasmiylashtirila boshlandi. Biroq statistika maʼlumotlariga koʻra, migrantlar soni kamaymayapti. Xulosa shunday: hech bir hujjat –patent ham, registratsiya ham migrant uchun ishonchli huquqiy himoya emas", — dedi ekspert.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (74)

Asosiy mavzular