09:02 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (71)
1359 0 0

Rossiya Federal kengashi ushbu masalani tartibga soladigan yangi qonun loyihasini Duma muhokamasi uchun 2018 yil boshlarida taqdim etadi

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Rossiya Federal Kengashi tomonidan xorijiy fuqarolarni "nomaqbul xatti-harakatlar uchun" Rossiyadan chiqarib yuborish chorasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi maʼlum qildi.

"Ushbu qonun Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin. Faqat ular uchun "nomaqbul hatti-harakatilar" maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi, xorijiy fuqarolarga nisbatan esa — Rossiyadan chiqarib yuborish chorasi qoʻllaniladi. Hozirgi kunda qonun loyihasi boʻyicha muhokama jarayonlari boʻlib oʻtmoqda", — dedi Rossiya Federal Kengash xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisi oʻribosari Andrey Klimov.

"Nomaqbul xatti-harakatlar" deganda Rossiyaning milliy xavfsizligiga qarshi faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Millatlararo, dinlararo, siyosiy guruhlararo nizo chiqarishga qaratilgan hatti-harakatlar ham shular jumlasidandir. Shuningdek, saylov jarayonlariga aralashish, taʼlim maskanlari va yoshlar bilan "tashqaridan turib ishlash" ham milliy xavfsizlikka tahdid solish deb baholanadi.

Qonun loyihasi Rossiya Davlat Dumasiga 2018 yil boshlarida koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (71)

Asosiy mavzular