Yangi qonun loyihasi: Rossiyaga vizasiz tartibda kelgan fuqarolarning barmoq izlari olinadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishEkspertno-kriminalisticheskiy sentr GU MVD Rossii po Moskve
Ekspertno-kriminalisticheskiy sentr GU MVD Rossii po Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tartib MDH fuqarolariga taaluqli bo‘lib, ular turar joylarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish vaqtida rasmga tushirilib daktiloskopiya qilinadi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya Ichki Ishlar vazirligi vizasiz tartibda kelgan chet el fuqarolari uchun majburiy rasmga tushish va daktiloskopiya (barmoq izlari olish) jarayonidan o‘tkazishni rejalashtirmoqda, dedi Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev.

"Ushbu qonun loyihasi Rossiyaga vizasiz tartibda kelgan MDH fuqarolariga taaluqli. Ular kelganidan 30 kun o‘tib, IIB hududiy organiga o‘zlari turgan joy haqida bildirish qog‘ozi berishlari kerak bo‘ladi. Ana shunday qog‘oz berish vaqtida ular suratga tushish va daktiloskopiyadan o‘tishi shart bo‘ladi", — dedi Kolokolsev.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi ayni damda IIV ichki moslashtiruv jarayonidan o‘tmoqda.

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Demograflar: o‘zbekistonliklarning Rossiyaga kelishi kamaydi

Shu bilan bir vaqtda, Kolokolsev aytishiga qarganda, mamlakatga kirib kelayotgan barcha xorijiy fuqarolarni daktiloskopiya qilish — budjetdan yetarli mablag‘ ajratilganidan keyin amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, RANXiGS xabariga ko‘ra, 2017-yilda Rossiyaga keluvchi migrantlar soni oxirgi 7-yil ichida eng past ko‘rsatkichlarni namoyish qilmoqda. Jumladan Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonliklar soni ham kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0