09:22 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
112940

2017 yil 15 noyabr soat 18:00dan boshlab band qilish qaytadan boshlanadi

TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Kompleks test markazi Koreyada mehnat faoliyati yuritish uchun markaz saytida sinov kuni va vaqtini band qilish muddatini eʼlon qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Sizga ommaviy axborot vositalaridagi xabarlardan maʼlumki, Oʻzbekistonda 7 noyabr kuni Internet tarmoqlarida uzilish yuz bergan edi. Afsuski, mazkur uzilishlar Kompleks Test Markazi saytidagi dasturiy taʼminot tizimida uzilishni yuzaga keltirdi. Shuning uchun testlardan oʻtish uchun band qilish tizimi vaqtincha toʻxtatildi.

Bunga qaramasdan, xavotirga oʻrin yoʻq!", deyiladi markaz xabarida.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 15 noyabr soat 18:00dan boshlab band qilish qaytadan boshlanadi. Markaz band qilish uchun joylar barcha xohlovchilar uchun yetarli boʻlishini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtilishicha, Kompleks Test Markazi saytida shu paytgacha toʻgʻri qayd etilib, sinov kuni va seanslarini band qilganlarning maʼlumotlari oʻz kuchida qoladi va ular uchun test sinovlari, 2017 yil 13 noyabrdan boshlab oʻz vaqtida oʻtadi.

Asosiy mavzular