21:28 24 Aprel 2018
Efir
Ukazateli pered zdaniyem Tsentra sodeystviya migrantam

Rossiyada 925 ming oʻzbekistonlik patent olib ishlamoqda

Sputnik / Kirill Braga
Migratsiya
Havola olish
405 0 0

Oktyabr oyida Moskva davlat dumasi migrantlar uchun mehnat patenti toʻlovi narxini 7%ga – 4500 rublga oshirish haqidagi loyihani birinchi oʻqishda maʼqulladi. Hozirda patent uchun bir oylik toʻlov 4200 rublga teng

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. 2017 yil 1 oktyabr holatiga Rossiyada mehnat patenti asosida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari 925 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Rossiya IIVga tayanib "Jahon" AA xabar bermoqda.

Bundan tashqari, 21 mingdan ortiq oʻzbekistonlik yoshlar Rossiya oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishmoqda.

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston va Rossiya Yoshlar ittifoqlari oʻzaro loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandum imzoladi. Tomonlar Oʻzbekistonda II Rossiya-Oʻzbekiston yoshlar forumini oʻtkazish va Rossiya-Oʻzbekiston yoshlar biznes-inkubatorini tashkil etishni rejalashtirgan.

Oktyabr oyida Moskva davlat dumasi migrantlar uchun mehnat patenti toʻlovi narxini 7%ga – 4500 rublga oshirish haqidagi loyihani birinchi oʻqishda maʼqulladi. Hozirda patent uchun bir oylik toʻlov 4200 rublga teng.

Asosiy mavzular