18:30 21 Aprel 2018
Efir
Otkrыlsya Tsentr po kompleksnomu testirovaniyu

Migratsiya agentligi Koreyada ishlamoqchi boʻlganlarni firibgarlardan ogoh boʻlishga chaqirdi

Facebook
Migratsiya
Havola olish
44010

Firibgarlar sodda talabgorlarning 24 dollardan pulini olib, ularga parol va domen nomlari yubormoqdalar. Tekshirishlardan maʼlum boʻlmoqdaki, mazkur fuqarolar roʻyxatga ham olinmagan va bunday domen nomi va parollar ham mavjud emas

TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Kompleks test markazida saralash test sinovlarida qatnashishni istovchi fuqarolarni firibgarlardan ogoh boʻlishga chaqirdi.

"Koreya testidan oʻtkazib qoʻyaman. Xorijga ishga joʻnataman", degan firibgarlarning yolgʻon vaʼdalariga uchmang, hech kimga pora bermang. Shuni bilingki, Oʻzbekiston Respubliksining amaldagi qonunchiligiga koʻra, mamlakatmiz fuqarolarini chet elga ishlash uchun joʻnatadigan yagona tashkilot – Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidir. Boshqa biror shaxs yoki tashkilot bunday vakolatga ega emas. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidan boshqa xorijga mehnat qilish uchun odam yuborishni vaʼda qilayotgan har qanday shaxs yoki tashkilotning faoliyati noqonuniydir va oʻzi muqarrar jinoyatchidir", deyiladi agentlik xabarida.

Maʼlum qilinishicha, 2017 yil 7 noyabrdan boshlab Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolarni Kompleks test markazida saralash test sinovlaridan oʻtkazish uchun kun va seanslarni KTM saytida roʻyxatga olish va sana hamda seansni band qilish boshlangan.

2017 yil 13 noyabrdan Kompleks test markazida test sinovlari oʻtkazilmoqda.

Mazkur saralash test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan, yetarlicha bal olgan fuqarolargina Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan oʻtkaziladigan til va malaka test sinovlarida qatnashadi.

Xabar berilishicha, ayrim firibgar shaxslar "Kompleks test markazi boshliqlari bilan tanishmiz!", "Oʻzimiz gaplashib beramiz va yuz foiz oʻtkazib qoʻyamiz", "Test kuzatuvchilari ichida odamlarimiz bor, testni ishlab berishadi", "Sizning oʻrningizga roʻyxatdan oʻtkazamiz, kirib testni ishlab chiqamiz", "Agentlikda odamimiz bor" va hokazo gaplar bilan xorijda ishlash istagida boʻlganlardan pul taʼma qilmoqdalar.

"Shunday firibgarlar sodda talabgorlarning 24 dollardan pulini olib, ularga "Hurmatli mijoz Siz 15.11.2017 kuninini soat 09:30 ga band qilqilganingiz tasdiqlandi. Siz shu kuni 8:30 gacha kelishingiz kerak. Kompleks test markazi" singari xatlar ham yuborib, parol va domen nomlari yubormoqdalar. Tekshirishlardan maʼlum boʻlmoqdaki, mazkur fuqarolar roʻyxatga ham olinmagan va bunday domen nomi va parollar ham mavjud emas.

Sizga shuni maʼlum qilamizki, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Kompleks test markazida tanish-bilishchilikka yoʻl qoʻyilmaydi. Tanishim bor, deydiganlarga ishonmang. Roʻyxatga olish vav joy bron qilish jarayoni on-layn tarzda Kompleks test markazi saytida oʻtadi. Sinov jarayonlari xolis va halol oʻtkaziladi. Mazkur jarayonga chetdan hech bir kishi aralasha olmaydi", deyiladi agentlik tomonidan.

Agentlik shuningdek, Kompleks test markazidan boshqa yerda toʻlov qilinmasligi va biror kimsaga pul berilmasligini bildirgan. Test topshiruvchi shaxsan roʻyxatdan oʻtadi va toʻlov amalga oshiriladi. Markazning xizmat haqi 87 500 soʻmni tashkil etadi. Toʻlov esa oʻsha yerning oʻzida gʻaznaga toʻlanadi va fuqaroga toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi tegishli kvitantsiya va sinov zalida qator va oʻrin belgilangan talon taqdim etiladi.

Test sinovlari natijalari, shuningdek, barcha test topshirgan shaxslar reytingida muayyan test topshiruvchining joriy egallab turgan oʻrnini 10 kundan soʻng Agentlik rasmiy saytida test topshiruvchining "shaxsiy kabineti"ga kirib, bilib olish mumkin.

Test sinovlarini topshirgan shaxs muayyan sabablarga koʻra imtihon natijalaridan norozi boʻlsa, imtihon oʻtkazilgandan keyin 20 kun ichida Kompleks test markazining Appelyatsiya boʻlinmasiga aniqlik kiritish uchun murojaat qilishi mumkin. Appelyatsiya shikoyati faqat test sinovini topshirgan shaxsning ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Asosiy mavzular