21:29 24 Aprel 2018
Efir
Deportatsiya

Rossiya hukumati deportatsiya haqidagi qonunga oʻzgartirish kiritmoqchi

© Facebook
Migratsiya
Havola olish
116140

Agarda qonun loyihasi tasdiqlansa, "Rossiya Federatsiyasidagi xorij fuqarolarining huquqiy holati toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi

TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya hukumati xorijlik fuqarolar va fuqaroligi yoʻq shaxslarni mamlakatdan deportatsiya qilish tartibini belgilash huquqini Rossiya IIVga berish haqidagi qonun loyihasini koʻrib chiqadi, deb xabar berdi vazirlar mahkamasi matbuot xizmati.

Ilgari migrantlarni deportatsiya qilish bilan Federal migratsiya xizmati shugʻullanardi. FMX tugatilib, uning vazifalari IIVga oʻtkazilgan boʻlsada, IIV deportatsiya vakolatiga ega emasdi.

Agarda qonun loyihasi tasdiqlansa, "Rossiya Federatsiyasidagi xorij fuqarolarining huquqiy holati toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Qonun loyihasi 7 noyabr kuni qonunchilik faoliyati boʻyicha hukumat komissiyasi yigʻilishida maʼqullangan.

Asosiy mavzular