21:28 24 Aprel 2018
Efir
Trudovыe migrantы, arxivnoye foto

Duma oʻzbekistonliklarni Rossiyada ishga joylashtirish haqida bitimni qabul qildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Migratsiya
Havola olish
135840

Bitim 2017 yilning 5 aprelida Moskvada imzolangan. Hujjat Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada maqsadli ishga joylashtirish va ularni Rossiyaga joʻnatishdan oldin tayyorgarlik chora-tadbirlarni tartibga solishga qaratilgan

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish masalalarni tartibga solishga qaratilgan bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida qonun loyihasini qabul qildi.

"Ushbu bitim Oʻzbekiston-Rossiya tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni va davlatlararo doʻstlikni mustahkamlash, ishchilarni malakasini oshirish, shuningdek, Rossiya hududida Oʻzbekiston fuqarolarini ishga noqonuniy jalb qilinishini oldini olishga qaratilgan", — deyilgan qonun loyihasi tushuntirish xatida.

Bitim asosiy qoidalari ikki davlatning vakolatli organlari Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaga mehnat qilish uchun tizimli saralash, noqonuniy mehnatga jalb qilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

Hujjat Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtincha mehnat qilish uchun yuborishga tayyorlash, xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish masalalarini tartibga soladi.

"Ushbu bitim ish beruvchiga Rossiya vakolatli organlariga va Oʻzbekiston tashqi migratsiyasi agentligiga mehnat muhojiri bilan mehnat shartnomasi tugatilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish talabini yuklaydi", — deyilgan qonun loyihasi tushuntirish xatida.

Bundan tashqari, bitimda Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari belgilab berilgan. Jumladan, bitimda mehnat qilish huquqi, dam olish va ijtimoiy sugʻurta (majburiy tibbiy sugʻurtadan tashqari), Rossiya qonunchiligiga koʻra pensiya taʼminotini nazarda tutilgan. Shuningdek, fuqarolarga Rossiya vakolatli organlardan mamlakatda boʻlish tartib-qoidalari va shartlari, Rossiya qonunchiligi talablaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni talab qilish huquqini beradi.

Ushbu qonun loyihasini qabul qilinishi Rossiya byudjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratilishini talab qilmaydi deyilgan tushuntirish xatda.

Asosiy mavzular