Koreyada ishlash istagida bo‘lgan va KTMda test topshirganlar uchun muhim xabar

© FacebookOtkrilsya Sentr po kompleksnomu testirovaniyu
Otkrilsya Sentr po kompleksnomu testirovaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
EPS-TOPIK testlaridan o‘tish uchun pasportning skanerlangan nusxasi va elektron shakldagi fotosurat taqdim etilishi shart

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Kompleks test markazida test topshirgan va o‘z fotosurati hamda pasportini lozim tarzda yuklamagan barcha fuqarolar o‘z anketalarini to‘ldirishlari, anketaga o‘z foto va pasportining skanerlangan nusxasini joylashtirishlari lozim. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, EPS-TOPIK testlaridan o‘tish uchun pasportning skanerlangan nusxasi va elektron shakldagi fotosurat taqdim etilishi shart.

Mazkur ma’lumotlarni Agentlikning eps2017@migration.uz elektron pochtasiga jo‘natish yoki CD/Flesh kartaga yozilgan holda Agentlik bo‘limlariga olib kelish mumkin.

Ushbu ma’lumotlarni taqdim etishga oid batafsil talablar bilan Agentlik saytida yoki Feysbukdagi sahifasida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0