Vologda viloyatidan 8 nafar muhojir o‘z davlatlariga qaytarildi

© Sputnik / Vladimir SergeyevSamolet v aeroportu
Samolet v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud 8 nafar muhojir Rossiya Ma’muriy javobgarlik kodeksining "Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Rossiyaga kirish va u yerda bo‘lish tartibini buzish" haqida huquqbuzarlik sodir etishgan deb topdi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Vologda viloyati sud ijrochilari tomonidan 8 nafar muhojirni Rossiya hududidan chiqarib yuborish choralarini ko‘rishdi, deb xabar qildi ushbu viloyat bo‘yicha sud ijrochilari federal xizmati matbuot xizmati.

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Kolokolsev: 20 mingga yaqin noqonuniy muhojirlar Rossiya hududidan chiqarib yuborildi

Muhojirlar orasida Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina va Kuba fuqarolari bo‘lgan.

Sud ushbu muhojirlar Rossiya Ma’muriy javobgarlik kodeksining "Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Rossiyaga kirish va u yerda bo‘lish tartibini buzish" haqida huquqbuzarlik sodir etishgan deb topdi.

Xabarda aytilishicha, 3 nafar muhojir Rossiyada vaqtincha ishlash ruxsatnomasini olgan. Biroq ruxsatnoma amal qilish muddati tugagandan so‘ng o‘z davlatlariga qaytib ketishmagan. Sud ijrochilari Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini Moskva aeroporti chegara o‘tish punktigacha olib borib, chegarachilarga topshirishdi. Ukrainadan kelgan muhojirlarni Matveyev-Kurgan tumanidagi o‘tish punktiga olib borildi.

Kuba fuqarosi esa Vologda viloyati hududida bir necha yil davomida Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol bilan turmush qurib yashagan. Lekin ular ajrashgandan so‘ng, Kuba fuqarosi mamlakatda bo‘lish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmaganligi aniqlangan. Unga nisbatan ham Rossiya hududidan chiqarish bo‘yicha ma’muriy chora qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0