Aqto‘be fojeasidan keyin: XMT va O‘zbekiston hamkorlik qilishga kelishdi

© Foto : Komitet po ChS MVD RK Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashish masalasini o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida belgiladi Tashkilot O‘zbekiston tomoniga birgalikda moliyalashtirish asosida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etdi

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik.  Xalqaro migratsiya tashkiloti O‘zbekiston tomonga birgalikda moliyalashtirish asosida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish masalasini taklif etdi, deb xabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot-xizmati.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘bedagi fojea: avtobus nima sababdan yongani aytildi
2018 yil 24-yanvar kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Xaitov Xalqaro migratsiya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchisi Manfred Profazi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Deyan Keserovich va XMTning O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha xodimi S.Toshbayevlardan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat jarayonida O‘zbekistonning XMT bilan hamkorligining joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

"Profazi O‘zbekiston tomoniga O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston Respublikasi hududida fojiaviy vafoti munosabati bilan o‘zining chuqur ta’ziyasini bildirdi. XMT vakili, shuningdek, mazkur tashkilot O‘zbekiston tomoni bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonning XMTga a’zo bo‘lishi hamda ikkitomonlama hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildilar", — deyiladi xabarda.

O‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarida chet ellarga chiqayotgan mehnat migrantlarining xabardorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ushbu asnoda fuqarolarning xabardorlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan hamkorlikdagi ma’lumotlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi e’tirof etildi.

Tela pogibshix v Aktobe privezli v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
FVV Aqto‘bedagi avtobus ichida bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi
Birgalikda odam savdosiga qarshi kurashish masalasi XMT bilan o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida belgilandi. Ushbu yo‘nalishdagi XMT dasturlarini O‘zbekiston tajribasi asosida hayotga tatbiq etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning muhim va istiqbolli yo‘nalishlari orasida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularning bandligini ta’minlash masalalari qayd etib o‘tildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoniga birgalikda moliyalashtirish asosida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv doirasida mehmonlarga migratsiya va rekruting faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar ishlab chiqilayotgani va XMTning ekspertlar va texnik darajada ushbu jarayonga ishtirokining maqsadga muvofiqligi aytib o‘tilgan va O‘zbekistonning Markaziy Osiyo darajasida hamda Yevropa davlatlari ishtirokida ham XMTning dasturlarida ishtirok etishga tayyor ekanligi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0