03:24 20 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Zarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya

Koreyada ishlab Oʻzbekistonga qaytganlar Migratsiya agentligiga kelishlari soʻralmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Migratsiya
Havola olish
981 0 0

Agentlikka kelib roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan ish haqining bir barobari miqdorida jarima qoʻllanilishi maʼlum qilingan

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirib Oʻzbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni agentlikka kelishlarini soʻramoqda.

“Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan fuqarolar bilan Agentlik oʻrtasida imzolangan xizmat koʻrsatish shartnomalarida fuqarolar Koreya ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati yakunlangandan soʻng, 10 (oʻn) ish kuni ichida Oʻzbekistonga qaytib kelishi va 30 (oʻttiz kalendar kuni ichida “oʻz yurtiga qaytgan shaxs” sifatida roʻyxatga olinish uchun Agentlikka kelishi shartligi belgilangan”, deyiladi Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida berilgan eʼlonda.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan boʻlsada, Agentlikka kelib roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolarni Agentlikda roʻyxatdan oʻtishini, aks holda ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan ish haqining bir barobari miqdorida jarima qoʻllanilishi maʼlum qilingan.

Asosiy mavzular