Rossiyaning migratsiya masalalari bo‘yicha komissiyasi Samarqandda bo‘ldi

© Sputnik / Mixail GenisVyezd v gorod Samarkand
Vyezd v gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya a’zolari O‘zbekistondan borayotgan mehnat migrantlarini tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilish, munosib mehnat va turmush sharoiti yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligida Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashining migratsiya masalalari va chet el fuqarolarini ijtimoiy-madaniy moslashtirish komissiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar qilinmoqda.

Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda fuqarolarni Rossiyaga ishga jo‘natish markazi ish boshladi

Delegatsiya rahbari – Rossiya davlat Dumasi deputati A.Juravlev hamda Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashining migratsiya masalalari va chet el fuqarolarini ijtimoiy-madaniy moslashtirish komissiyasi raisi A.Paskachev O‘zbekistondan borayotgan mehnat migrantlarini Rossiya qonunchiligi bilan tanishtirish, ularni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilish, munosib mehnat va turmush sharoiti yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Rossiyalik mehmonlar Samarqand shahridagi mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markazi hamda Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasi va boshqa diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar asosida mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha tomonlar istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishni boshlagan. Jumladan, Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0