01:34 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Migratsiya
Havola olish
99730

Bundan avval, Federal migratsiya xizmatida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni deportatsiya qilish tartibini belgilash vakolati boʻlgan

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi Ichki ishlar vazirligiga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni deportatsiya qilish tartibini belgilash vakolatini berish toʻgʻrisida qonun loyihasini qabul qildi.

Deportatsiya qilish tartibini belgilash federal ijro hukumati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Bu qonun loyihasi "Rossiyada xorijiy fuqarolarining huquqiy holati toʻgʻrisida"gi federal qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Avval taʼkidlab oʻtilganidek, Federal migratsiya xizmatida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni deportatsiya qilish tartibini belgilash vakolati boʻlgan.

Federal migratsiya xizmati tugatilib, uning funktsiyalari Ichki ishlar vazirligiga oʻtganda bu vakolat berilmagan. Qonun loyihasi bilan IIVga bu vakolat berishni taklif qilgan.

Asosiy mavzular