O‘zbekiston migrantlarga 1000 dollardan kredit ajratishga qaror qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari "O‘zbekiston temir yo‘llari" respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga plaskart va umumiy vagonlarga temir yo‘l chiptalari hamda iqtisodiy klass aviachiptalar narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratish ko‘zda tutilgan, bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-martda "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan.

DTP - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yana avtohalokat: ikki o‘zbekistonlik hayotdan ko‘z yumdi
Hujjatga ko‘ra, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2018-yil 1-apreldan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga plaskart va umumiy vagonlarga temir yo‘l chiptalari hamda iqtisodiy klass aviachiptalar narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi.

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolar uchun bank va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, "Aloqabank"ning soddalashtirilgan ochish shartlari bilan "VISA-migrant" plastik kartalarini joriy etish hamda "Ipoteka bank" tomonidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratish ko‘zda tutilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlari tashkil etilishi ham aytilmoqda.

Mazkur sektorlar uyma-uy yurib vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan chiqib ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni aniqlash hamda ular bilan chet elga xavfsiz chiqish va imtiyozli tariflarda temir yo‘l va aviachiptalar sotuvi mexanizmi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0