18:32 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
GBU «Migratsionnыy tsentr»

Oʻzbekiston Turkiyaga mehnat muhojirlarini joʻnatishni boshlaydi

Foto: AGN «Moskva»
Migratsiya
Havola olish
1969140

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Turkiyaning "Tayga grup" kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarini Turkiya Respublikasida ish bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Turkiyaga belgilangan tartibda oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarini yuborishni boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Turkiyaning "Tayga grup" kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarini Turkiya Respublikasida ish bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

"Tayga grup" 2006 yildan buyon Turkiyaning Antaliya, Istanbul, Izmir, Mugʻla, Dengizli va Gʻoziantep shaharlarida mehmonxona biznesi sohasida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mazkur kompaniya xorijliklarga ishlash uchun ruxsatnoma va vaqtincha turar-joyni rasmiylashtirishda koʻmaklashish hamda xorijdan kelgan talabalarga talabalarga malaka oshirish bilan bogʻliq masalalarda yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

"Turkiyadagi mehmonxonalarda xizmat koʻrsatish sohasi xodimlariga katta ehtiyoj bor. Kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi ish beruvchilar rus va ingliz tillarini biladigan xodimlarni talab qilishadi. Sayyohlik sohasi mavsumiy boʻlganligi uchun xodimlar bilan bir yilgacha boʻlgan muddatga mehnat shartnomasi imzolanadi", — deb taʼkidladi turk kompaniyasi vakili Mahmud Yovuz Qalqon.

Turkiya kompaniyasi xizmatchi, idish yuvuvchi, animator, resepshn, ofitsant, barmen, shveytsar, oshxona ishchisi, oshpaz lavozimlariga xodimlarni olmoqda. Oʻrtacha oylik oyiga 430 dollarni tashkil qiladi, ish kunlari — dushanbadan juma kunigacha. Yashash, ovqatlanish va Oʻzbekistondan borish harajatlarini turk kompaniyasi tomonidan toʻlanadi.

Turkiyada ishlamoqchi boʻlganlar 2018 yil 14-17 mart kunlari mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

Asosiy mavzular