05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Mujchina u okna, arxivnoye foto

Rossiya prezidentligiga nomzod migrantlardan pul yigʻishni bas qilish kerakligini aytdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Migratsiya
Havola olish
99150

Nomzod Rossiyaga ishlash uchun kelayotganlarga nisbatan halol munosabatni taʼminlash zarurligini aytdi: uning soʻzlariga koʻra, bu odamlardan "qullardek foydalanilayotganligi" uchun kimdir javob berishi kerak

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya prezidentligiga nomzod Sergey Baburin migrantlardan ishlashga ruxsatnoma olish uchun pul olishni toʻxtatishga chaqirdi.

Debatlarning navbatdagi raundi davomida nomzoddan noqonuniy migrantlar mehnatidan foydalangan ish beruvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlikni joriy etish masalasidagi fikrini soʻrashdi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Nomzod Rossiyaga ishlash uchun kelayotganlarga nisbatan halol munosabatni taʼminlash zarurligini aytdi: uning soʻzlariga koʻra, bu odamlardan "qullardek foydalanilayotganligi" uchun kimdir javob berishi kerak.

"Albatta, bu yerda birinchi navbatda ish beruvchi va amaldorlar javobgar boʻlishi kerak. Ammo biz Federal migratsiya xizmatidagi yigʻimlarni bas qilishimiz kerak", — dedi Baburin.

Avvalroq Rossiya hukumati raisi oʻrinbosari Olga Golodets Rossiya mehnat bozoridagi migrantlar soni iqtisodiyot ehtiyojlarini hisobga olgan holda qisqarib borishi kerakligini aytgandi.

Asosiy mavzular