11:07 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Stroitelstvo doma v Tashkente

Peterburgda oʻzbekistonlik migrant tepalikdan tushib ketdi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
69410

Yosh yigit tirik ogʻir ahvolda kasalxonaga keltirilgan

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida oʻzbekistonlik mehnat migranti tepalikdan tushib ketgan.

Hodisa Peterburgdagi Viborgskiy tumanida sodir boʻldi, deb xabar qilgan "Rosbalt".

Nashr xabariga koʻra, 29 yashar oʻzbekistonlik qurilayotgan uy oldidan topib olingan. Unda ochiq bosh miya jarohati, koʻkrak qafasi va qorin jarohatlari, ichki organlar shikastlanishi, tos suyagining yopiq jarohati va chap son suyagining sinishi jarohatlari borligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, erkak yogʻoch zinapoyadan zinapoya oraligʻiga tushib ketgan.

Jabrlanuvchi ogʻir ahvolda shahar kasalxonasiga olib kelingan.

Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari roʻy bergan hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)

Asosiy mavzular