19:14 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Inostrannыy grajdanin razgovarivayet s sotrudnikom tsentra, poluchaya trudovoy patent

Rossiya yuqori darajada himoyalangan patentlar tayyorlamoqchi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
593 0 0

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning aytishicha, noqonuniy migratsiya kanallarini tashkil etuvchi uyushgan jinoyatchilikning oʻsishi kuzatilmoqda.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev yuqori darajada himoyalangan elektron tashuvchili patentlar loyihasi yaratilganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi turdagi patentlar soliq qonunchiligiga rioya qilinishini nazorat qilishda yordam beradi.

Uning qayd etishicha, Volgaboʻyida noqonuniy migratsiya kanallarini tashkil etuvchi uyushgan jinoyatchilikning oʻsishi kuzatilmoqda. "Nelegal-2017" operatsiyasi davomida okrugda migratsiya qonunchiligini buzish boʻyicha 13 mingta holat qayd etilgan, 1,2 mingdan ortiq xorijlik chiqarib yuborilgan, 29 million rublga yaqin jarima solingan, 673ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, umumiy qiymati 30 milliard rublga teng 142 mingta shubhali moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgan.

Asosiy mavzular