Moskvada qirg‘izistonlik yigitni armatura bilan urib o‘ldirishdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil politsii
Avtomobil politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonlik yigitga armatura bilan hujum qilib, ayovsiz savalashgan. Yigitning yonida sevgan qizi bo‘lganligi aytilmoqda. Jabrdiyda olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Moskvada Qirg‘iziston fuqarosini urib o‘ldirgan shaxslar kimligi aniqlandi, ular qidiruvga berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat IIV matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ilgariroq OAVlarda erkakning kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan. Yigitning yonida bo‘lgan qiz ham jarohatlar olgan.

Qirg‘iziston IIV xabariga ko‘ra, 14-may kuni soat taxminan 23.30larda Moskva viloyati Krasnogors okrugi Krasnogorskiy bulvar ko‘chasida Moskva darosi qirg‘og‘idan boshiga jarohatlar yetkazilgan 27 yashar qirg‘izistonlik jasadi topilgan.

Draka v JK Turgenev, Krasnodar - Sputnik O‘zbekiston
Internetda mehnat muhojirlari o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi

U tez tibbiy yordam brigadasi mashinasida №1 Krasnogorsk shahar kasalxonasiga olib borilgan, va o‘sha yerda olingan jarohatlardan hushiga kelmay, vafot etgan.

Shuningdek, 26 yashar qirg‘izistonlik qiz ham kasalxonaga yetkazilgan. Qizning ham boshida jarohatlar qayd etilgan. Hozirda u kasalxonada.

Moskva qiloyati Tergov qo‘mitasi ushbu hodisa yuzasidan RF Jinoyat Kodeksining 111-moddasi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish va ehtiyotsizlik orqali jabrlanuvchining o‘limiga sababchi bo‘lish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Rossiyadagi Qirg‘iziston vakolatxonasi Moskva va Moskva viloyati politsiyachilari bilan hamkorlikda ushbu jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirdilar.

Gumondorlar - 23 va 26 yashar erkaklar ekanligi aniqlashtirilgan. Ularni federal qidiruvga berish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0