16:26 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Inostrannыe rabochiye

Peterburg Oʻzbekiston va Tojikistondan 50 ming nafar migrantni kutmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
1328 0 0

Sankt-Peterburg mehnat va bandlik qoʻmitasi raisi Dmitriy Cherneyko rasman ishga joylashishning afzalliklari haqida oʻz fikrlarini bildirdi va Samarqandda migrantlar uchun ish beradigan ikkita markaz ish boshlashini maʼlum qildi

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filialida yuzlab fuqarolar saralash bosqichidan oʻtgan va Peterburgga ishga yuborilgan. Bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida Sankt-Peterburg mehnat va bandlik qoʻmitasi raisi Dmitriy Cherneyko maʼlum qildi.

Peterburgga migrantlar kerakmi?

"Rossiyada barchani "bizga migrantlar kerakmi" degan savol qiziqtiradi. "Ular kelib ish topishibdi-mi, demak kerak. Umuman olganda shaharda mehnat resurslari tanqisligi mavjud. Mehnat bilan band boʻlgan 1 mln kishi orasida viloyatlardagi hamyurtlarimiz ham, chet elliklar ham bor. Ularning kvalifikatsiyasi ham turlicha. Top-menejerlardan, muhandislardan, malakati IT-mutaxassislaridan tortib, dvornik va yordamchi ishchilargacha", — deydi Cherneyko.

U shuningdek, Oʻzbekistondan Peterburgga kelib ishlayotgan Oʻzbekistonliklar soni 140 ming nafarni tashkil etishini aytdi.

Rossiyaga ishga yuboradigan markazlar yana ikkitaga koʻpayadi

Samarqanddagi mehnat migrantlarini uyushqoqlik bilan Rossiyaga ishga joʻnatadigan markaz haqida toʻxtalar ekan, Cherneyko, Oʻzbekistonda yana ikkita shunday markaz ochilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

"Markazda rus tilidan imtihon topshirishadi, tekshiruvlardan oʻtishadi, shu jumladan tibbiy tekshiruvlardan ham, hujjat rasmiylashtirib, sugʻurta va chipta xarid qilishadi. 2015 yildan buyon xuddi shunday markazlar Tojikistonda ham faoliyat yuritib kelmoqda. Shu tariqa, Oʻzbekistonda ushbu punktni ochib vizasiz mamlakatlardan kirib kelayotgan 90%dan ortiq xorijliklarni qamrab oldik", — degan suhbatdosh.

Cherneyko yil oxirigacha Peterburgga uyushqoqlik bilan jalb qilish dasturi orqali 50 ming kishi kelishiga umid bildirmoqda.

Maqsad nima: daromadmi yoki?… 

"Bizning vazifamiz — migrantlar oqimini imkon darajada qonuniylashtirish va bu oqimning Sankt-Peterburgdagi ish beruvchilar talabiga haqiqatda mos keladigan qilish. Bu migrantlar huquqi bilan bir qatorda peterburgliklar manfaati nuqtai-nazaridan juda muhim. Qolaversa, korxonalarimiz kadrlar bilan taʼminlanadi, soliqlar — patent uchun toʻlovlar kelib tushadi. Oʻtgan yil Sankt-Peterburg byudjeti patent asosida mehnat qilayotgan migrantlar evaziga 6,6 milliard rubl daromad koʻrdi", — deydi u.

Uyushqoqlik bilan jalb qilish afzalliklari

Cherneykoga koʻra, Oʻzbekiston viloyatlaridagi migrantlarni tayyorlash (kasbga oʻqitish) markazlari migrantlar uchun koni foyda.

"Oʻzbekistonda, saralash bosqichidan oʻtayotgan vaqtda ular aniq ish joylarga tayyorlanadi, kerak boʻlsa, qisqa vaqt kasbga oʻqitiladi. Soʻngra aeroportda kutib olinadi va ish beruvchi bilan uchrashtiriladi. Ularga hujjat tayyorlashda ham yordam koʻrsatiladi. Bu ishlardan biz ham foyda koʻramiz — qonunchilikka rioya etilishi kafolatini olamiz. Yaʼni barchaga tushunarli boʻlgan yashil koridor vujudga keltiriladi. Keyingi bosqichda uyushqoqlik asosida kelgan chet ellik ishchilar boshpana bilan taʼminlanadi.

Toʻgʻri, qonuniy yoʻl bilan Rossiyaga kelgan migrantlar soliq toʻlaydilar. Aks holda, ular baribir oʻrtakashlarga pul berishga majbur boʻladilar. Ammo oʻrtakashga murojaat qilgan migrant nafaqat qonunni buzadi, balki 5-10 yilga Rossiyaga kirish huquqidan mahrum etilishi mumkin. Bundan tashqari, biror kor-xol roʻy berganda yoki ish beruvchi yoki oʻrtakash tomonidan uning huquqlari poymol etilganda himoyaga ega boʻlmaydi. Shu bois, qonuniy ishga kelishning afzalliklari koʻp".

Soʻnggi vaqtlarda ish beruvchilarning aksariyati uyushqoqlik bilan ishga jalb qilish tizimiga katta qiziqish bildirishmoqda, deydi Cherneyko. "Ammo qonuniy sxema foydaliligini ular anglab yetishlari uchun hali katta ishlarni amalga oshirish kerak", deb qoʻshimcha qilgan u.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)

Asosiy mavzular