Kaliningrad viloyatida migrantlarga patent berish vaqtincha to‘xtatildi

Obuna bo‘lish
Dushanba 4-iyundan boshlab fuqarolardan patent olish uchun hujjat qabul qilish to‘xtatilgan.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Kaliningrad viloyati hududida shu yilning 1-avgustiga qadar mehnat patenti berish to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-maydagi 1/5841-sonli qaroriga muvofiq Kaliningrad viloyati hududida xorij fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun patentlar berilishi joriy yilning 1-avgustigacha vaqtinchalik to‘xtatiladi”,-deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, dushanba 4-iyundan boshlab fuqarolardan patent olish uchun hujjat qabul qilish to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14-iyunidan 15-iyulgacha Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Musobaqalar mamlakatning 11 shahrida, jumladan Kaliningradda ham bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0