12:07 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Pasport RF

Rossiya fuqaroligini olish masalasi boʻyicha onlayn xizmat ishga tushirildi

Sputnik / Maksim Bogodvid
Migratsiya
Havola olish
66220

Rossiya Ichki ishlar vazirligi saytida Rossiya fuqaroligini olish masalalari boʻyicha onlayn xizmat ishga tushirildi. Bu xizmat turi Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirigʻiga asosan Rossiya fuqaroligini olish masalalari boʻyicha murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish uchun tashkil etildi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi saytida Rossiya fuqaroligini olish masalalari boʻyicha onlayn xizmat tashkil qilindi, deb xabar qildi ushbu vazirlik vakili Irina Volk.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu xizmat Rossiya prezidenti topshirigʻiga asosan Rossiya fuqaroligini olish bilan bogʻliq boʻlgan masalalari tezkorlik bilan hal qilish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, saytda "Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi masalalari" maxsus boʻlim yaratildi. Ushbu boʻlimda arizalarni koʻrib chiqish tartibi va hujjatlar shakllari boʻyicha kerakli maʼlumotlar joylashtirildi.

"Rossiya fuqaroligi olish boʻyicha qiynchiliklar yuzaga kelgan holatlarda bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri Rossiya IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasiga murojaat qilish maqsadida bu onlayn-xizmat ishga tushirildi. "Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlmoqchiman" deb nomlangan banneri IIV sahifasida mavjud. Barcha murojaatlar tarmoq mutaxassislari tomonidan Rossiya qonunchiligida belgilangan muddatlar ichida oʻrganib chiqiladi", — deb taʼkidladi Irina Volk.

Asosiy mavzular