Mirziyoyevdan yordam so‘ragan migrantlar haqida yangi faktlar ma’lum bo‘ldi

© Abduaziz XafizovMigranti na rabote v Sankt-Peterburge
Migranti na rabote v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq OAVlarda O‘zbekistondan Rossiyaga qonuniy tarzda ishga yuborilgan 53 fuqaroning ishsiz va pasportsiz qolgani haqida xabarlar va videorolik tarqalgan edi. Yigitlarning Rossiyaga qanday ketganliklari va u yerda nimalarni boshidan kechirganliklari aks etgan rasmiy tushuntirish Sputnik O‘zbekiston e’tiboriga havola qilindi

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Tashqi Migratsiya agentligi tomonidan Rossiyaga ishga yuborilgan 53 nafar o‘zbekistonlikning o‘zga yurtda ishsiz qolganligi haqidagi xabarlar elektron ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingach, bu holat jamoatchilik orasida shov-shuvlarni ko‘tarib yubordi.

Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Ishsiz qolganini aytgan o‘zbekistonlik ishchilar ish joylarini tashlab ketishgan - Vazirlik

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari voqeasi fuqarolarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otdi.

Sputnik nashri e’tiboriga havola qilingan hujjatda yozilishicha, TIV rahbariyati topshirig‘i bilan 21-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulligi binosida rossiyalik ish beruvchilar va O‘zbekiston mehnat vazirligi rasmiy vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda internet tarmog‘ida ommalashib ketgan videorolik — O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilgan migrantlar ham qatnashgan.

O‘zbekistonda migrantlarni uyushqoqlik bilan ishga yuborish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Agentlik ishchilar bilan qonuniy kuchga ega bo‘lgan shartnoma tuzadi.

Mana shunday shartnoma asosida, 2018-yil 25-mart kuni 53 kishidan iborat guruh O‘zbekistondan Sankt-Peterburg shahriga ishga yuborilgan. Fuqarolar Rossiyaga kelishi bilan Peterburgdagi "Trudovie rezervi Yevrazii" MChJda tosh yo‘nuvchi sifatida ishga qabul qilinishi kerak edi.

© Abduaziz XafizovTerritoriya gde rabotayut migranti iz rUz
Territoriya gde rabotayut migranti iz rUz - Sputnik O‘zbekiston
Territoriya gde rabotayut migranti iz rUz

Hujjatda aytilishicha, ishchilar Rossiyaga ketish oldidan O‘zbekistonda ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tishgan. Shuningdek, ular ish sharoitlari bilan tanishishgan, dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va adaptatsiya-tayyorlov kurslarida o‘qitilgan.

25 mart kuni ularni Pulkovo aeroportida "Trudovie rezervi Yevrazii" MChJ va PSK ("Peterburgskaya Stroitelnaya Korporatsiya") vakillari kutib olishadi. Mehnat muhojirlari pantent va registratsiyani olgunga qadar obshejitiyega joylashtiriladi.

Migranti na rabote v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi tomonidan yuborilgan 53 fuqaro Rossiyada ishsiz qoldi - OAV
27 aprel kuni barcha ishchilarga patent topshiriladi.

Patentlarni olganidan so‘ng ishchilar Leningrad viloyati Murino qishlog‘idagi "Grenlyandiya" turar joy majmuasida ish boshlashlari kerak bo‘lgan.

Ammo tayyorlov va adaptatsiya tadbirlari bois, ular ishni 10-may kuni boshlagan.

"Grenlyandiya" turar-joy majmuasida o‘zbek migrantlari ma’lum ish hajmini bajarib bo‘lishganidan so‘ng 20 kuncha ish to‘xtab qoladi.

Chunki boshqa obyektlarga ish izlashga shuncha vaqt ketgan.

Bu vaqt oralig‘ida yangi obyektda registratsiyadan o‘tkazish uchun ishchilardan ularning pasportlari olib turilgan.

Aytilgan vaqt oralig‘ida, ish beruvchi ishchilarni Peterburg qurilish korporatsiyasi hisobidan boshpana va oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlangan.

Mana shunday bir vaqtda ishchilarning ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat prezidentiga murojaati paydo bo‘ladi.

Ishga ro‘yxatdan o‘tgach, barcha ishchilarga pasportlari qaytarilgan va shulardan 34 nafari Sankt-Peterburg shahridagi "Kamenniy gorod" turar-joy majmuasiga ko‘chirib o‘tkaziladi. 19 nafari shaharning boshqa qismida ish bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari tashrifidan so‘ng ikkala obyektda ham ish sharoitlari monitoring qilinib, ishchilarning yashash sharoitlari, mehnat sharoiti, bo‘sh vaqti qanday o‘tayotgani tekshiriladi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, dalolatnomalar tuzilgan.

19 kishilik obyektda barcha migrantlar yaratib berilgan ish sharoitlari ularni qoniqtirishini bildirishgan.

34 kishilik obyektda esa 12 kishi o‘z ish joyida "noma’lum sabablarga ko‘ra" bo‘lmaganliklari aniqlanadi.

Qolgan 22 ishchi ish beruvchiga davosi yo‘qligini aytishgan.

Peterburg Quruvchilik Korporatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, har bir ishchining ishga joylashtirilishi harajatlari 1000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bunga yo‘l harajati, obshejitiyeda yashash, 3 oylik va 1-yillik polis, patent, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, rus tilini bilishi haqida sertifikatga ketgan harajatlar kiradi.

Shu bois PSK kompaniyasi ("Peterburgskaya Stroitelnaya Korporatsiya"), ishchilarni RF hududida legallashtirish uchun qilingan harajatlarni kim qaytarishi masalasini tushunolmay taajjubga tushmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi so‘zlariga ko‘ra, yuqorida aytib o‘tilgan shaxslarga qilingan harajatlar AVVTM va ishchilar o‘rtasida O‘zbekistonda tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘rtaga kafillika tushganlar tomonidan qoplanmog‘i darkor.

Mehnat vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 34 kishilik obyektda ishlagan va noma’lum tomonga ketib qolgan fuqarolar Xorazm viloyatida doimiy yashash joylariga yetib kelishmagan. Aniqrog‘i, Sputnik manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ular taqdiri noma’lum. Yigitlar qarzdan qochib, boshqa joyga ketib qolganlar.

© Abduaziz XafizovJilye migrantov v Sankt-Peterburge
Jilye migrantov v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Jilye migrantov v Sankt-Peterburge

Shu bilan birga: PSK ("Peterburgskaya Stroitelnaya Korporatsiya") kompaniyasi yig‘ilish ishtirokchilariga yuqorida aytib o‘tilgan ishchilarning maoshi qay tartibda to‘lanishi haqida ma’lumot bergan.

Shartnoma talablariga muvofiq, mazkur oy uchun maosh keyingi oyning yakunida to‘lanar ekan.

Ishchilar bu haqda ish beruvchi bilan O‘zbekistonda o‘tkazilgan suhbat davomida ogohlantirilganYu deyiladi hujjatda.

Bloger murojaati

Mazkur yig‘ilish oldidan migrantlarning murojaatini suratga olgan videobloger Anvar Oxunov bilan telefon orqali suhbat bo‘lib

Oxunov o‘zi suratga olgan videorolikni ijtimoiy tarmoqlarda olib tashlaganini tasdiqlagan.

Shu jumladan, videorolikni suratga olish jarayonida ishtirok etgan ishchilar Z.Saparbayev va I.Atoniyazov videorolik suratga olinayotgan vaqtida ular Oxunovning ko‘rsatmalariga amal qilishganini, rolik qaysi maqsadda suratga olinayotganini bilishmaganliklarini ma’lum qilganlar.

© Abuaziz XafizovPredstaviteli Mintruda RUz pobivali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov
Predstaviteli Mintruda RUz pobivali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Predstaviteli Mintruda RUz pobivali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov

Mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan Tashqi migratsiya masalalari vakilining Sputnik nashriga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda migrantlar mehnat qilishda davom etishmoqda, hech qanday muammo yo‘q(noma’lum tomonga ketgan migrantlarni aytmaganda), oyliklari esa tartib bo‘yicha, ularning Rossiyaga kelishidan oldin tushuntirilganday, oy oxirida beriladi. Avansni migrantlar allaqachon olib bo‘lishgan. Tashqi menat migratsiya agentligining yordamisiz.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar sonini qisqartirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Bu qonun loyihasida chet elda mehnat faoliyatini olib boradigan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning manfaatlarini himoyalaydigan jamg‘armani tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik fuqarolarni chet elga ishga yuborish borasida monopoliyani yo‘qotmoqda.

Mehnat migratsiyasi jarayonini tartibga solishga yo‘naltirilgan qator choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0