Rossiyada migrantlarni ish joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish taqiqlandi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam
Sentr sodeystviya migrantam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunchilikdagi yangi o‘zgarishlar 8-iyuldan kuchga kirdi. Qonunga amal qilmagan migrantlar Rossiyadan chiqarib yuboriladi

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Rossiyada qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgarishlarga muvofiq, chet ellik fuqarolarni ish joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish taqiqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yangi qonunga ko‘ra, endilikda migrantlarni kvartiraga, mehmonxonaga, kasalxonaga va hatto qamoqxonaga ro‘yxatga qo‘yish mumkin, lekin ofisga u faqat o‘sha yerda yashasagina, mumkin bo‘ladi.

Ushbu normaga amalga qilmagan chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu yangi tuzatishlar malakali mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazadigan kompaniyalar uchun muammolarni keltirib chiqaradi: ish beruvchilar 800ming rublgacha jarima to‘lashga majbur bo‘ladilar.

Rossiyada chet el fuqarolarini migratsion uchetga olish to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartishlar 8-iyuldan kuchga kirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0