06:06 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Inostrannыe rabochiye

Xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Migratsiya
Havola olish
331 0 0

Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlari nizomda belgilangan. Unga koʻra, shtatda oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassis, shuningdek, mehnat migrantlarini yuborish nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxshi biladigan xodimning boʻlishi litsenziya talablaridan hisoblanadi. 

Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Hujjatlar ishchi organ – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan oʻn ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.

Litsenziya beringanligi uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi. 

Asosiy mavzular