15:58 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Inostrannыe rabochiye vo vremya provedeniya reyda FMS v Moskve

Rossiya "spetspriyomnik"laridagi Oʻzbekiston fuqarolari vatanga qaytarilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Migratsiya
Havola olish
101810

Yetmish bir kishidan iborat birinchi guruh Moskvadan Toshkentga 12 oktyabr kuni ikki reysda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" qatnovi bilan yetib kelishgan

TOSHKENT, 13 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi horijda qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik fuqarolarni vatanga qaytarish boʻyicha ishlarni boshladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Hafizov.

"Yurtdoshlarimizning 71 kishidan iborat birinchi guruhi Moskvadan Toshkentga 12 oktyabr kuni 16.55 va 22.35 da "Oʻzbekiston havo yoʻllari" qatnovi bilan yetib keldi. Ularni aeroportda qarindoshlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi Ravshan Ibragimov va boshqa masʼul vakillari kutib olishdi", - dedi suhbatdosh.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3839-sonli qarori bilan horijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Jamgʻarmaning asosiy vazifalaridan biri horijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan, ogʻir moddiy axvolga uchragan fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy himoya, shuningdek, moddiy yordam koʻrsatish xisoblanadi.

2018 yil 5-8 sentyabr Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining 19-Kengashida Rossiya Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining horijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga koʻmaklashish haqidagi kelishuvga erishilgan edi.

Taʼkidlangan toifadagi shaxslar – bu ogʻir moddiy qiyindchilikka uchragan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga va yashash uchun mablagʻga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolaridir. Bu toifadagi shaxslarni qaytarish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Horijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi” xisobidan amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular