13:17 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Tadjikskiye trudovыe migrantы v vagone poyezda Moskva-Dushanbe

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklarning ikkinchi guruhi vatanga qaytarildi

© Sputnik / Marina Makovetskaya
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
638 0 0

Oʻzbekistonliklarga ularning yashash manziliga qadar yoʻl xarajatlarini qoplash maqsadida eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida pul mablagʻlari tarqatilgan

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Xorijda qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklarning 42 kishidan iborat ikkinchi guruhi 22 oktyabr kuni Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

"Yurtdoshlarimizni Toshkent Xalqaro aeroportida qarindoshlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ravshan Ibragimov, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash vazirliklarining masʼul vakillari kutib olishdi", - dedi Xafizov.

Shundan soʻng, fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga olib borilib, u yerda toʻliq tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan. Fuqarolar salomatligi nazoratga olingach, Agentlik rahbari Ravshan Ibragimov, tashqi mehnat migratsiyasi va qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiyalash dasturi boshqarmasi boshligʻi Dilafruz Ikromova, ishsiz aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha "Ishga marhamat" monomarkazi direktori Dilobar Ismoilova hamda "Mikrokreditbank" masʼul xodimi ishtirokida uchrashuv oʻtkazilgan.

"Uchrashuvda xorijda ogʻir ahvolda qolgan fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularning kelgusi faoliyatlari uchun kerakli imkoniyatlarni yaratish, jumladan, xususiy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlari uchun mikrokreditlar ajratish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar berildi", - deb taʼkidladi Xafizov.

Oʻzbekistonliklarga ularning yashash manziliga qadar yoʻl xarajatlarini qoplash maqsadida eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida pul mablagʻlari tarqatilgan.

Fuqarolarni Oʻzbekistonga qaytarish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining 2018 yil 5 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tashkil etilgan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilgan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)

Asosiy mavzular