21:46 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Inostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto

Oʻzbekistonda Rossiyaning patent berish markazi ochilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
568 0 0

Oʻzbekistonda RFning koʻp tarmoqli migratsiya markazi ochilishi mumkin.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiya Federatsiyasining koʻp tarmoqli migratsiya markazi tashkil qilinishi mumkin. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.  

Bu tashabbusni Moskvada oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov va Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirining oʻrinbosari Aleksey Cherkasov muhokama qildi.

Tomonlar Toshkentda 20 dekabr kuni erishilgan kelishuvlar boʻyicha birinchi ishchi guruhlar yigʻilishini oʻtkazishga kelishib olishdi.

Koʻp tarmoqli migratsiya markazi Oʻzbekiston fuqarolariga Rossiya hududida mehnat qilishga patent berish boʻyicha xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi Oʻzbekiston aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi va Rossiya mehnat vazirligi butun Rossiya ilmiy tadqiqot instituti va Iqtisodiyot oliy maktabi oʻrtasida fuqarolarning ish stajini hisobga olish va pensiya huquqlari boʻyicha hamkorlik bitimi loyihasi, shuningdek ikki davlat pensiya fondi oʻrtasidagi elektron baza maʼlumotlari almashinish masalalarini muhokama qildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi koʻp tarmoqli migratsiya markazi, shuningdek “Saxarovo” xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markaziga tashrif buyurgan.

Ayni damda u yerda Oʻzbekistonning 170 ta fuqarosi mavjud. Oʻzbekiston delegatsiyasi ular bilan suhbat oʻtkazib, yashash shart-sharoitlari bilan tanishdi.

Asosiy mavzular