Qozog‘istonda maxsus operatsiya davomida 137 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMujchina u okna, arxivnoe foto
Mujchina u okna, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet elliklar sud qarori bilan mamlakatga kirishga ta’qiq sharti bilan Qozog‘iston hududidan chiqarib yuborilgan

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Qozog‘istonda Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekistondan noqonuniy migratsiya kanaliga chek qo‘yildi, deb xabar qildi mamlakat IIV rahbari Olmos Sadubayevga tayanib Zakon.kz portali.

Predsedatel komiteta po promishlennoy politike TPP KR Kubat Raximov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar ishlab topgan pullarini to‘ylar va uylarga sarflashmoqda – Raximov

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston IIV migratsiya xizmati va kriminal politsiya Departamenti xodimlari tomonidan Olma-Ota shahrida XXR va O‘zbekiston fuqarolari uchun noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

31 yanvar kuni Shimkentda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 73 nafar XXR va 137 nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingan.

"Aniqlanishicha, XXR fuqarolari Qozog‘iston Respublikasiga tranzit aviareyslari orqali kirib kelishgan va shundan so‘ng qonunni buzgan holda noqonuniy ravishda mamlakat hududida qolganlar. Ayni vaqtda ularni mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmoqda", - deb xabar qilgan Sadubayev.

Noqonuniy migratsiya kanalini XXRning ikki fuqarosi va qozog‘istonlik ayol tashkillashtirilgani qo‘shimcha qilingan.

"Ular ushlangan, QR JK 394 moddasi 2 qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bilan sudgacha bo‘lgan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Olma-Ota shahrida Qozog‘istonda noqonuniy bo‘lib turgan 9 nafar XXR fuqarosi va ularga hamrohlik qilib yurgan shasxlar - Qozog‘iston fuqarolari qo‘lga olindi. Chet elliklar sud qarori bilan mamlakatga kirishga ta’qiq sharti bilan Qozog‘iston hududidan chiqarib yuborilgan", - deb qo‘shimcha qilgan Sadubayev.

Yangiliklar lentasi
0