Tverda o‘zbekistonlik avtomobil olib qochdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migrant "Niva" avtomobilini olib qochgan va so‘ngra texnikani boshqa bir hududda tashlab ketgan.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Tverda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi, deb xabar qilmoqda Tver mahalliy nashrlari.

Tela pogibshix v Aktobe privezli v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Migrant jasadini jo‘natish harajatlarini kim qoplashi kerak - TIV javobi

Markaziy Osiyo fuqarosi Tverning Zavoljye tumanida yashovchi fuqaroning VAZ 2121 avtomobilini olib qochgan.

Sal keyin mashina Bolshie Peremerki posolkasida aniqlangan. Shundan so‘ng politsiya xodimlari mashina o‘g‘risining o‘zini qo‘lga olganlar.

Migrant tomonidan sodir etilgan jinoyat o‘rta og‘irlikdagi jinoyat sifatida baholanmoqda. O‘zbekiston fuqarosi besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ayni vaqtda u hibsga olingan.

Yangiliklar lentasi
0