13:02 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Zaderjaniye podozrevayemыx v sovershenii prestupleniya

Moskvada Markaziy Osiyo fuqarolari oʻz vatandoshlarini zoʻrladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Migratsiya
Havola olish
105110

Yovuz niyatli shaxslar qizlarga pnevmatik qurol bilan tahdid qilgan

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Moskva gʻarbidagi kvartiralarning birida qizlarni zoʻrlagan erkaklar Oʻrta Osiyo fuqarolari ekanligi aniqlandi, deb xabar qildi RIA Novosti huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayangan holda.

Ilgariroq, boshqa bir manba qurollangan tajovuz 12 mart kuni sodir boʻlganini maʼlum qilgan edi. Holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. IIV Bosh boshqarmasi matbuot-xizmati turli manzillarda yashovchi uch nafar gumondor qoʻlga olinganini xabar qilgan.

"Jabrdiydalar ham, yovuz niyatli shaxslar ham Oʻrta Osiyo fuqarolaridir", — deb aytgan agentlikka suhbatdosh.

Xabar qilinishicha, qizlar hech qayerda ishlamagan, shu bilan birga talonchilar ularning zargarlik buyumlari, mobil telefonlari va pullarini oʻgʻirlab ketishgan.

Suhbatdoshning aytishicha, bosqinchilar jabrdiylaraga pnevmatik qurol bilan tahdid qilgan.

Moskva Tergov qoʻmitasi bosh tergov qoʻmitasi matbuot-xizmati xabariga koʻra, qizlar "pul evaziga intim xizmat koʻrsatganlar".

1987, 1994 va 1996 yilda tugʻilgan yovuz niyatli shaxslar - har biri qanday rol oʻynaganidan qatʼiy nazar RF JK 131 moddasi 2 qismi "b" bandi (nomusga tegish), 132 modda 2 qismi (seksual xarakterdagi zoʻravonlik harakatlari), va 162 modda 3 qismi (talon-taroj)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Asosiy mavzular