22:42 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Yakutsk

Rossiyada Yoqutistonda juda katta shov-shuvga sabab boʻlgan jinoyatga izoh berishdi

© Sputnik / Bolot Bochkarev
Migratsiya
Havola olish
1032 0 0

Yoqutistonda 17 mart kuni nomusga tegish va odam oʻgʻirlash moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bu jinoyatni Markaziy Osiyo fuqarolari sodir etganligi haqida xabarlar paydo boʻldi. Bu xabar katta shov-shuvga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Yoqutistondagi shov-shuvli jinoyat – muayyan shaxslar jinoyati, unga biror milliylik namoyishi sifatida qarash kerak emas, dedi RF prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi muxtor vakili Yuriy Trutnev. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Hech qachon inson qaysi millatdan ekanligi haqida savol bermaganman – bizni shunday tarbiyalashgan va shunday davom etishi shart. Bir mamlakatda yashaymiz, birga yashaymiz, bir-birimizga yordam beramiz. Agar miyaga millatga qarab ajratishni boshlash kerak, degan gʻoya kelsa, biz barchasini barbod qilamiz. Bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Jinoyatga oid sodir boʻladigan hodisalarni biror milliylik namoyishi sifatida emas, balki muayyan shaxslar jinoyati sifatida koʻrib chiqish lozim. Shuningdek, muayyan shaxslar qonunchilikka binoan jazolanishlari shart”, - dedi Trutnev jurnalistlarga.

RFning Yoqutistondagi Tergov qoʻmitasining  tergov boshqarmasi 17 mart kuni nomusga tegish va odam oʻgʻirlash moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Yakutsk shahrida yashovchi ayol huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qiladi.

Mahalliy OAV koʻngillilardan olingan xabar asosida Yoqutistonning 36 yashar fuqarosi yoʻqolgani haqida eʼlon tarqatgan edi. Volontyorlarning soʻzlariga koʻra, ayol juda kech uyiga qaytayotgan boʻlgan va uylarning birini oldida nomaʼlum shaxslar uni mashinaga oʻtqazib, olib ketishgan. Jabrdiyda qiziga qoʻngʻiroq qilishga ulgurgan.

Tez orada OAVda bosh gumondor - Qirgʻiziston fuqarosi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. U va uning sheriklari taksistlik qilishlari aytilmoqda. Bu xabar Yoqutistonda jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab boʻldi: bir necha yuz norozi fuqarolar shaharning bosh maydoniga mitingga chiqdilar. Ular migrantlar nomiga yoqimsiz lozunglarni qichqirishgan va hukumatni regionda noqonuniy migratsiyaga nuqta qoʻyishga chaqirganlar.

Oʻzbekiston mehnat vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda Saxa Respublikasida 11 250 nafar Oʻzbekiston fuqarolari mehnat faoliyatini olib borishadi. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi oʻzbek diasporasi vakili Toshpoʻlat Yodgorov bilan bogʻlanishdi. Yodgorov holat xavfli emasligini, oʻzbekistonliklar hayoti va sogʻligʻiga hech narsa tahdid qilmayotganini aytgan. Ammo bunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni yoʻqotmaslikka va ehtiyoj boʻlmasa, odamlar koʻp yigʻiladigan joylarga bormaslikka chaqirgan.

Yoqutistondagi vaziyat Rossiya Federatsiyasidagi Bandlik va mehnat munosabatlari qoshidagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Saidnumon Mansurovning diqqat markazida turibdi.

Uning xabariga koʻra, Saxa Respublikasidagi holat barqarorlashgan.

Mehnat vazirligi chet elda mehnat huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlariga duch kelgan, hujjatsiz yoki qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklarga vatanga qaytishida hamda koʻmak keyinchalik bu fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni olish boʻyicha shart-sharoit yaratib berishga tayyor.

Asosiy mavzular