06:47 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Zaderjannыe migrantы vo vremya reyda politsii

Putin Qirgʻiziston fuqarolari uchun "migratsiya amnistiyasi" muddatini uzaytirdi

Sputnik / Andrey Stenin
Migratsiya
Havola olish
34510

"Qirgʻiziston tomoni iltimosiga koʻra, amnistiya aprel oxiriga qadar uzaytirildi, bu esa mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar alohida xarakterga egaligi dalilidir", - dedi Putin.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Rossiyada vaqtincha yashash rejimini buzgan Qirgʻiziston fuqarolari uchun migratsiya amnistiyasi muddati 2019 yil aprel oyiga qadar uzaytirildi.

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Qirgʻiziston muzokaralari yakunlari boʻyicha bayonot berdi.

Rossiya yetakchisi, 2018 yil oktyabrda Qirgʻiziston prezidenti iltimosi bilan migratsiya amnistiyasi oʻtkazilganini, shu tufayli Rossiyada vaqtincha yashash qoidalarini buzgan Qirgʻiziston respublikasining minglab fuqarolari vatanga chiqib, hech bir toʻsiqsiz yana Rossiyaga qaytishga muvaffaq boʻlganini, ular maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganliklarini eslatib oʻtdi.

Putin Qirgʻizistonni Rossiyaning strategik sherigi deb atadi.

"Qirgʻiziston tomoni iltimosiga koʻra, amnistiya aprel oxiriga qadar uzaytirildi, bu esa mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar alohida xarakterga egaligi dalilidir", - dedi Putin.

Asosiy mavzular