06:25 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Vizы, priglasheniya, propiska: novoye polojeniye ot Pravitelstva Uzbekistana

Xorijlik vatandoshlarga viza berish va vaqtincha propiska qilish tartibi belgilandi

© v-thailand.com
Migratsiya
Havola olish
257 0 0

Taklif qiluvchi vatandoshni vaqtincha propiska qildirish uchun MvaFRga murojaat qiladi va MvaFR boʻlinmasi 2 ish kunida 2 yillik propiskani rasmiylashtiradi.

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, vatandoshlarni Oʻzbekistonga taklif qilish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga, shahar boʻlimlariga (MvaFR) quyidagilar taqdim etiladi:

- ariza-anketa;

- taklif qiluvchining pasporti;

- vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

- taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat;

- vatandosh Oʻzbekistonga oila aʼzolari bilan kelmoqchi boʻlsa, ularning shaxsini va qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;

- taklif qiluvchining 3,5x4,5 ikki dona rasmi;

- davlat boji toʻlanganligi haqida kvitantsiya (20 ming 273 soʻm).

MvaFR boʻlinmasi 3 ish kunida hujjatlarni tekshiradi. Soʻng arizani kelishish uchun vakolatli organga yuboradi.

MvaFR vakolatli organ bilan kelishganidan va ijobiy qaror qabul qilganidan soʻng taklifnoma toʻldiriladi va taklif qiluvchiga beriladi.

Taklif qilish haqidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 15 ish kunidan oshmasligi lozim.

Taklifnoma 3 oy amal qiladi va u kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning hududiy boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar bilan beriladi:

- viza talabi;

- e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;

- vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

- kirish vizalari Toshkent xalqaro aeroportida olinishi moʻljallangan holatlarda – aviachipta yoki bron nusxalari;

- davlat boji toʻlanganligi haqida kvitantsiya (300 AQSH dollari).

Taʼkidlanishicha, hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi va amal qilish muddati 2 yil boʻlgan koʻp martalik “VTD” kirish vizalari beriladi.

Asosiy mavzular