Uralda "nolegal" operatsiyasi: yuzga yaqin chet elliklar uylariga jo‘natiladi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishSpespriyemnik dlya nelegalnix migrantov
Spespriyemnik dlya nelegalnix migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ulardan barmoq izlari olingan va fotouchetga qo‘yilgan.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Politsiya xodimlari "Nolegal" operatsiyasi yakunlari bo‘yicha 96 migrantni Sverdlovsk viloyatidan chiqarib yuboradilar, deb xabar qildi IIVning mintaqa bo‘yicha Bosh boshqarmasi vakili Valeriy Gorelix.

Zampredsedatelya komiteta Gosdumi RF po obrazovaniyu Gennadiy Onishenko - Sputnik O‘zbekiston
Onishenko: ovqatlanish sohasida ishlayotgan migrantlar qizamiqni tashuvchi asosiy kishilar

"Aksiyaning olti kuni davomida chet el fuqarolarining soxta registratsiyasi bo‘yicha 64ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, 96 nafar nolegallarni mamlakat tashqarisidan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilingan», - deya iqtibos keltirgan Gorelovdan idora matbuot-xizmati.

Rossiyada qonunbuzar migrantlar uchun yangi jazo turi joriy etilishi mumkin >>>

Ichki ishlar organlari aksiyaning olti kuni davomida umumiy hisobda 633ta qoidabuzarlikni aniqlaganlar. Ularning 443tasi kirish/chiqish va Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash qoidalarini buzganlik, yana 184tasi mehnat faoliyati bilan bog‘liqdir.

Yuqoridagi qoidabuzarliklar uchun 2,1 million rubldan ortiq ma’muriy jarimalar solingan.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada jinoyatlarning faqat 3,5 %ini migrantlar sodir etgan

"IIV vakillari tomonidan chet el fuqarolarining turli xildagi jinoyatlar va qoidabuzarliklarning sodir etilishiga aloqadorligi aniqlangan. Bu kabi epizodlar bo‘yicha 20ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, ularning 18tasi – narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga aloqadorligi bilan bog‘liq. Nolegallar ichida oltita  federal qidiruvda, bir nafar xalqaro qidiruvda bo‘lgan migrantlar aniqlangan va ushlangan", degan Gorelix.

Qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ulardan barmoq izlari olingan va fotouchetga qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0