O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?

Obuna bo‘lish
Doimiy yashash uchun O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni esa 2863 kishini tashkil qildi.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. 2019 yil yanvar-mart oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni esa 2863 kishini tashkil qildi.

Shundan 47,9 foizi Qozog‘istonga, 45,6 foizi Rossiyaga, 1,1 foizi Isroilga, 0,7 foizi AQShga 4,7 foizi esa boshqa davlatlarga mos keladi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholi umumiy daromadi 8 %ga oshdi – statistika qo‘mitasi

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan beri doimiy yashash uchun O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 767 kishini tashkil etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shundan Tojikistondan 26,2 foiz, Qozog‘istondan 24,9 foiz, Rossiyadan 21,4 foiz, Qirg‘izistondan 16,4 foiz va boshqa davlatlar esa 11,1 foiz kishi ko‘chib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta o‘lim qayd etilgani haqida xabar qilgan edik. Ushbu davrda qayd etilgan o‘limlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - o‘simtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0