23:52 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Pasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukrainы

Ayrim toifadagi xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

© Sputnik / Stringer
Migratsiya
Havola olish
569 0 0

Putin imzolagan farmonga koʻra, ayrim toifadagi xorijliklar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya  fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish uchun ariza berish huquqiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolarning ayrim toifalari toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Farmon Kremlning rasmiy saytida 1 may kuni eʼlon qilingan.

Farmonga koʻra, ayrim toifadagi xorijliklar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

Xususan, Qrim va Sevastopol hududida tugʻilgan, doimiy yashagan hamda yarimorolni 2014 yil 18 martga qadar tark etgan shaxslar bunday imkoniyatga ega.

Mazkur soddalashtirilgan tartib ushbu shaxslarning farzandlari, ota-onalari va turmush oʻrtoqlariga ham amal qiladi.

Shuningdek, Ukrainaning RF hududida yashashga ruxsatnomasi boʻlgan yoki qochoq maqomiga ega fuqarolariga ham Rossiya fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Bundan tashqari, RSFSRda tavallud topgan va sovet fuqaroligiga ega boʻlgan Afgʻoniston, Iroq hamda Suriya fuqarolari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukrainaning barcha fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Joriy yilning 24 aprel kuni Donetsk va Lugansk aholisiga Rossiya fuqaroligini olish tartibi osonlashtirilgan edi.

Asosiy mavzular