02:24 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Toshkentda ilk marotaba Oʻzbekiston - BAA xalqaro mehnat forumi oʻtkazildi

Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy
Migratsiya
Havola olish
60110

Forum doirasida Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolandi

TOSHKENT, 4 may - Sputnik. Toshkentda ilk marotaba Oʻzbekiston - Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda xalqaro mehnat forumi oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyat filiali direktori Azizbek Xafizov.

Forumni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vaziri Nasser bin Tani al Xamli ochib berdi.

Kunning birinchi yarmida ikki vazirlik oʻrtasidagi hamkorlik ishlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini imzolash marosimi oʻtkazildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muxitdinov hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Abdulla Ali Al Nuaimi mehnat resurslari va bu boradagi oʻzaro istiqbolli loyihalar boʻyicha chiqish qilishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining mehnat sohasidagi hamkorligiga bagʻishlangan videotaqdimotlar namoyish etildi.

Forum doirasida Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolandi.

Forumda Birlashgan Arab Amirligidan 14 ta saloxiyatli ish beruvchi, rekruting va autsorsing kompaniyalar va Oʻzbekistondagi 50 dan ortiq Xususiy bandlik agentliklari ishtirok etgan boʻlib, kunning ikkinchi yarmida oʻzaro hamkorlik masalalari keng muhokama qilindi.

Asosiy mavzular