21:32 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Zdaniye MID Uzbekistana

TIV Rossiyada qoʻlga olingan oʻzbekistonlik talaba haqida bayonot berdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Migratsiya
Havola olish
853 0 0

Qoʻlga olingan talaba ishlash uchun ruxsatnomasiz kechki vaqtda gipermatketda sotuvchi boʻlib ishlagan. Xaridorga ustaraning qanday ishlashini koʻrsatayotganda, ustara uchi chiqib ketgan va xaridor koʻziga tekkan.

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Bundan bir haqta oldin OAVda Rossiya gidrometrologiya universiteti 2-bosqich talabasi, Oʻzbekiston fuqarosi M.Yuldashevning qoʻlga olinganligi toʻgʻrisida xabarlar paydo boʻldi.

TIV bayonotiga koʻra, Yuldashev ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olmay kechki vaqtda gipermatketda sotuvchi boʻlib ishlagan. 30-aprel kechasi xaridorga ustaraning qanday ishlashini koʻrsatayotganda ustara uchi chiqib ketgan va xaridor koʻziga tekkan.

Xaridorni kasalxonaga, talabani qoʻlga olib politsiya boʻlimiga olib ketishgan.

Tuman sudida Yuldashevga 5 ming rubl miqdorida jarima belgilash va Rossiya hududidan maʼmuriy chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Ayni paytda Yuldashevga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 291-modda 3-bandi (mansabdor shaxsga pora berish) boʻyicha jinoiy ish ham tekshirilmoqda.

"2-may kuni mazkur vaziyat mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan", - deyiladi TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib oʻtadiki, Rossiyaning Shimoli-gʻarbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan.

Oʻzbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda respublikaning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-965-029-41-49 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Asosiy mavzular