Piterda migrantlar bolalarini maktabga joylashtirish haqida qo‘llanma chop etildi

© Fb"Deti Sankt-Peterburga" razdayut broshuri migrantam
Deti Sankt-Peterburga razdayut broshuri migrantam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda migrantlar orasida bolalarini qanday qilib maktabga joylashtirish mumkinligi haqida qo‘llanma tarqatilmoqda.

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Sankt-Peterburgda joylashgan "Deti Peterburga" jamoatchilik tashkiloti Centralasiengrupperna va Svenska Institutet bilan birgalikda migrantlar bolalarini qanday qilib maktabga joylashtirish mumkinligi haqida kichik qo‘llanma chop etdi.

RSNK v Tashkente na otkritii klassov russkogo yazika v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada pravoslav cherkovi migrantlar bolalari uchun maktab ochdi

Qo‘llanma asosan komiks rasmlardan tashkil topgan bo‘lib, uning bosh qahramoni Go‘zal ismli o‘zbekistonlik qiz. U arxitektor bo‘lishni orzu qiladi, lekin buning uchun avval maktabda o‘qish kerak. Qo‘llanmaga ota-onalar uchun o‘zbek, rus, qirg‘iz va tojik tillarida yozilgan kerakli ma’lumotlar ham ilova qilingan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu komksni yaratishga migrantlar bolalarning maktabga borishi va u yerda o‘qishi oson emasligi, bunda nafaqat hujjatlar yoki joy yo‘qligi balkim til bilmaslik ham katta muammo ekanligi ko‘rsatilgan.

Ayni damda ushbu broshuralar shaharda ishlayotgan migrantlar orasida tarqatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0